«Vest Xem»ga «Milan»ga o‘tayotganini ma’lum qildi

«Sevilya»ning sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi «Milan» bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb yozadi La Gazzetta dello Sport nashri.

Italiya klubi Lopetegiga yiliga 4 million yevro maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu borada Lopetegi qiziqish bildirayotgan «Vest Xem» klubini xabardor qilgan.

«Milan» rahbariyatining yakuniy qarori tasdiqlanishi kutilmoqda va shartnoma imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik muxlislar yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Xulenning ehtimoliy tayinlanishiga qarshi #Nopetegui kampaniyasini boshlagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter