Santu: «Yigitlar juda astoydil harakat qilishdi»

«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Nunu Santu Angliya chempionati doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

Uchrashuv yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi va 2:0 hisobida Pep Gvardiola jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.

«Albatta, yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ammo «Manchester Siti» oldinga chiqib olganida, o‘z imkoniyatlarini topish va undan foydalanish juda qiyin, chunki ular to‘pni ushlab turishadi va o‘z darvozasi oldida ko‘p imkoniyatlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymaydilar.

Lekin yigitlar juda astoydil harakat qilishdi, men jamoa bilan faxrlanaman”, – dedi mutaxassis matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter