Gvardiola: «Xoland 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emas edi»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Erling Xolandning safga qaytishi haqida fikr bildirdi.

Norvegiyalik hujumchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan APL doirasida «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Shaharliklar” mehmonda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

“U qaytishi muhim. Kevin golli vaziyatda uni topdi va bu juda yaxshi yakun edi.

U 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emas edi, lekin maydonga qaytgani uning uchun yaxshi bo‘ldi», dedi Gvardiola.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter