Jo Koul: «Bu jahon futbolidagi eng og‘ir ish»
Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jo Koul «Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning London jamoasidagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Argentinalik mutaxassis “ko‘klar”ni 2023 yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda.
“Men buni dunyo futbolidagi eng qiyin ish deb o‘ylayman. Ammo klub va murabbiy sabr qilishi kerak: murabbiyni almashtirish bu yechim emas. Bugun «Chelsi» ko‘plab gigantlardan ortda qolmoqda, ammo hamma narsa juda tez o‘zgarishi mumkin. Jamoa vaziyatni to‘g‘irlay oladi va buni hozirdan boshlaydi, deb ishonch bilan aytishga yetarlicha guvoh bo‘ldim. Biz murabbiyni kelasi mavsum oldidan qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», – deya Koulning so‘zlarini keltiradi Eurosport.
Bugunga kelib, «Chelsi» Angliya Premyer-ligasida 33 o‘yindan keyin 48 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/