Arteta: «Lahzadan rohatlaning, ishingizni tabiiy ravishda bajarishga harakat qiling»
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Tottenxem»ga qarshi o‘yin oldidan chempionlik uchun kurash haqida gapirdi. «Arsenal» ayni damda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
«Lahzadan rohatlaning, ishingizni tabiiy ravishda bajarishga harakat qiling. Biz hozir juda raqobatbardoshmiz. Bu yaxshi, chunki g‘alaba qozonish uchun nima qilishimiz kerakligini bilamiz. Har kuni mashg‘ulotlarda darajamizni ko‘tarishimiz kerak.
Har mavsumda, har bir o‘yinda o‘zini ko‘rsatish muhim va bu ligada buni amalga oshirish juda qiyin. Biz hamma narsani qilamiz. Agar Premyer-ligada g‘alaba qozonsak, buni yana bir bor amalga oshirishga harakat qilamiz, agar bo‘lmasa, yana urinib ko‘ramiz», dedi Arteta matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/