Kilian Mbappe shaxsiy rekordni o‘rnatdi

“PSJ”ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe bir mavsumda gol urish bo‘yicha shaxsiy rekordini o‘rnatdi.

Fransiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Loryen” bilan o‘yinda (4:1) Mbappe ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, fransiyalik hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi 43-golini urdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda qatnashib, 43 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter