Mourinyo «The Special One» rejimida!

Joze Mourinyo «Roma» bilan ketma-ket ikki marta yevrokuboklar finaliga chiqqandi. Murabbiy bu holat haqida gapirdi.

«Men so‘nggi ikki yil ichida ikkita finalda o‘ynagan yevropalik yagona murabbiyman. Shunday qilib, keling, men haqimda gapiraylik.

20 yil oldin Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganim mening aybim emas. Ammo agar siz kelib, murabbiylardan ketma-ket ikkita yevrokubok finalida o‘ynay olasizmi, deb so‘rasangiz, ko‘pchilik  javob berishga qiynaladi», — deya Mourinyoning so‘zlarini keltiradi Britaniyaning The Telegraph internet nashri.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter