Ryudiger: «Umid qilamanki, «Chelsi» Pochettinoga vaqt beradi»

Londonning «Chelsi» klubi sobiq markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jamoa tez orada yuqori saviyaga qaytishiga umid bildirdi. Ayni damda “ko‘klar” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

“Bu qiyin mavsum, chunki klubga yangi futbolchilar va yangi murabbiy keldi. Umid qilamanki, «Chelsi» Pochettinoga vaqt beradi va futbolchilar Maurisioni qo‘llab-quvvatlaydi. «Chelsi» sovrinlar haqida, shuning uchun jamoa hech narsa yutmaganini ko‘rish men uchun qiyin. Kelajakda «Chelsi»ni yana yuqori saviyada raqobatlashini ko‘rishni intiqlik bilan kutaman», – deya Ryudiger so‘zlarini keltirgan jurnalist Saymon Fillips.

Eslatib o‘tamiz, Antonio 2022 yilning yozida “Chelsi”ni tark etib, “Real”ga erkin agent sifatida o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter