Mourinyo Artetaning uslubi haqida gapirdi

Joze Mourinyo Mikel Artetaning «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlardagi taktikasi haqida gapirdi.

APLning ushbu mavsumining 1-davrasida “Arsenal” “Manchester Siti”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 2-davra o‘yini durang (0:0) bilan yakunlandi.

«Men u uchun xursandman, chunki bu yigit menga yoqadi va men u uchun hammasi yaxshi ketayotganidan xursandman. Ammo “Arsenal”ning bunga erishish yo‘lidagi o‘yinlari hujumkor va OAVning sehrli strategiya haqida gapirishi to‘g‘ri. Mening vaqtimda bunday emas edi.

“Manchester Siti”ni bir necha bor mag‘lub etganman. Ammo bu ajoyib strategiya emas, balki himoyaviy o‘yin deb ataladi. To‘xtab turgan avtobus. Ikki qavatli avtobus. Nuqtayi nazar boshqacha edi”, – dedi Mourinyo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter