Arteta: «O‘yinlar soniga qaramayman»

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yetakchilari og‘ir taqvim ostida charchashdan aziyat chekmoqdami, degan savolga javob berdi.

Ispaniyalik murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, “Vulverxempton” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin futbolchilarning ahvoli yaxshi.

«Bugun ertalab men futbolchilarni ko‘rdim va ular yaxshi ko‘rinishdi. G‘alaba katta kuch bag‘ishlaydi. Endi bizni London derbisi kutib turibdi va hamma bunga tayyor.

Endi men o‘yinlar soniga qaramayman. Biz hamma narsani ijobiy o‘ylashimiz kerak», dedi Arteta dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter