Kazemiro: «Ronaldu nima qilganini tushunmayapmiz»

Kazemiro Krishtianu Ronaldu o‘tgan yili 50 ta gol urganini esladi.

Intervyuda braziliyalik futbolchi Ronaldu va Lionel Messi davri mavzusiga to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, bu ikki futbolchining yutuqlarini hali tushunish qiyin.

«Biz zavqlanamiz va Messi nima qilganini, Krishtianu nima qilganini tushunmaymiz.

Biz Ronalduning futbolda nima qilganini tushunmayapmiz va u hali ham shunday qilyapti. O‘tgan yili u 50 ta gol urdi.

Bunday futbolchi haqida nima deya olish mumkin?!» – dedi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi El Chiringuito nashriga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter