Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. Iroqqa qarshi o‘yinni boshqarib boradigan hakamlar e’lon qilindi.
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining Iroqqa qarshi uchrashuvini bahraynlik referi Husayn Ali Al-Bahhar boshqarib boradi.
Unga ikkinchi hakam sifatida tailandlik Benjapol Mucharoyensap yordam beradi.
Uchinchi hakam vazifasi kuvaytlik Abdulaziz Al-Sarrafga topshirilgan bo‘lsa, vetnamlik Truong Kuok Dung vaqtga mas’ul hakam sifatida faoliyat yuritadi.
Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/