Rodrigo «Manchester Siti»ga gol urish borasida faqat bitta futbolchidan ortda qolib ketmoqda

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Chempionlar ligasi o‘yinlarida “Manchester Siti” darvozasiga Pep Gvardiola 2016 yilda jamoaga qo‘shilganidan beri to‘rtinchi golini kiritdi.

Oxirgi 8 yil ichida faqat Lionel Messi madridliklar hujumchisidan ko‘proq gol urgan – 5 ta. Karim Benzema, Maksvel Korne va Mussa Dembele ham «Siti» darvozasiga 4 martadan gol urishdi.

Joriy mavsumda Rodrigo “Real” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter