«Borussiya Dortmund»da «Atletiko» bilan o‘yin oldidan yana bir yo‘qotish bor

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Doniell Malen “Atletiko” bilan javob bahsida “asalarilar”ga yordam bermaydi. Jamoalar 16 aprel oqshomida Chempionlar ligasi chorak finalining ikkinchi to‘qnashuv o‘yinini o‘tkazishi kerak.

Rur Nachrichten xabariga ko‘ra, nidelandiyalik futbolchi tizzasidagi muammo tufayli klubning so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborib, jamoa mehmonxonasiga bormagan.

Eslatib o‘tamiz, Malen “Bavariya” va “Shtutgart”ga qarshi o‘yinlarda ishtirok etmagan, ammo dam olish kunlari “Borussiya Gladbax”ga qarshi o‘yinda 36 daqiqa o‘ynay olgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter