Gvardiola: «Real» bizni birinchi o‘yinda hayratda qoldirdi»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Real»ni maqtadi. “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida “shaharliklar” 3:3 hisobida durang o‘ynagan edi.

“Ular bizni birinchi o‘yinda futbolchilarning pozisiyalari bilan hayratda qoldirdi. Biz o‘ylashimiz va ba’zi qarorlar qabul qilishimiz kerak. Anchelottining katta tajribasini hisobga olsak, u javob o‘yinida hammasini boshqacha qila oladi. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Shu bilan birga, o‘z o‘yinimizni majburlab, raqibga bosim o‘tkazishga harakat qilamiz», – dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

O‘tgan mavsumda «Manchester Siti» Chempionlar ligasi yarim finalida o‘z maydonida «Real»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Jamoalar ketma-ket uchinchi yil eng nufuzli yevrokubokda o‘zaro to‘qnash kelishmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter