«Bavariya» o‘zi uchun ayrim xulosalarni chiqarib olishi kerak
“Bavariya” uchun «Kyoln» bilan kechgan o‘yin joriy mavsumning muhim masalalaridan birini muhokama qilish uchun imkoniyat:
Kingsli Koman yana jarohat oldi. Gnabri «Arsenal»ga qarshi o‘yinda ham jarohat olgandi. «Bavariya» rahbariyati bu holatdan anchadan beri xavotirda edi, chunki bu mavsumda jamoada jarohatlar juda ko‘p. Yagona Matias Tel bundan mustasno.
Jamoada 23 ta mushak jarohati, 5 ta tizza jarohati va 10 ta boshqa turdagi jarohatlar va kasalliklar kuzatildi. Klub ko‘plab o‘yinlar va sayohatlar davomida tiklanish mashqlari, mashg‘ulotlar va yuklamalarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu holat boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan, jamoa tomonidan tanqid qilingan qattiq gibrid maysa, og‘ir taqvim va ruhiy muammolar…
Manba: @xayrulla_hamidov
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/