Bastoni jamoasining YECHLdagi kamchiligini aytdi

«Inter» markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni jamoaning Chempionlar ligasidan chiqib ketishi haqidagi savolga javob berdi.

Simone Indzagi shogirdlari 1/8 finalning ilk uchrashuvida “Atletiko”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan (1:0), ammo Madriddagi javob uchrashuvida (1:2) ustunlikni saqlab qola olmadi, keyin esa penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

“Albatta, bu shunday tugaganidan afsusdamiz. Ammo, agar biz yuta olmagan bo‘lsak, unda biror narsa noto‘g‘ri qilingan.

O‘ylaymanki, asosiy xatomiz gol urganimizdan so‘ng darhol Madridda gol o‘tkazib yuborganimiz bo‘ldi. Kelgusi mavsumda yana urinib ko‘ramiz”, – dedi Bastoni.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter