«Bavariya» bir qator sabablarga ko‘ra De Zerbi variantidan voz kechadi

«Bavariya» hozirda «Brayton»da ishlayotgan italiyalik mutaxassis Roberto de Zerbining taklifiga shubha qilmoqda.

Bu haqda Insayder Kristian Falk ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi. Myunxenliklarning xo‘jayinlariga Robertoning nemis tilini bilmasligi, og‘ir xarakterga egaligi, shuningdek, klubga o‘zining murabbiylar shtabini olib kelishi yoqmaydi.

Bu borada “Bavariya” bor e’tiborini jamoaning sobiq ustozi Yulian Nagelsmanga qaratishi mumkin.

Hozirda u Germaniya terma jamoasini boshqarmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter