«Arsenal» bilan o‘yinda Devisning o‘rnini kim egallaydi? Tuxel javob berdi

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi chorak finalida «Arsenal»ga qarshi javob o‘yinida chap qanot himoyachisi Alfonso Devisning o‘rnini kim egallashi mumkinligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, kanadalik futbolchi sariq kartochkalari ko‘payib ketgani uchun “kanonirlar”ga qarshi o‘ynay olmaydi.

“Bizda bir nechta variant bor. Biz Rafael Gerreyru bilan ham o‘ynay olamiz, shuningdek Nussair Mazraui ham Marokashda chap qanotda o‘ynagan. Ularning birortasi “Kyoln”ga qarshi 90 daqiqa o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin chorshanba kuniga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun ikkalasiga ham vaqt beraman. Ularning o‘yinni boshlash ehtimoli yuqori, chunki bu mantiqqa to‘g‘ri keladi», – dedi Tuxel matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter