Marsyal «Manchester Yunayted»ni tark etib, Italiya grandiga o‘tishi mumkin

Milanning «Inter» klubi yozgi transfer oynasida hujumni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan ikki hujumchini tanlashga qaror qildi. Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, “neradzurrilar” Antoni Marsyal va Albert Gudmundssonga qiziqish bildirmoqda.

Islandiyalikning transfer narxi taxminan 30 million yevroni tashkil qiladi. Marsyalga kelsak, fransiyalik futbolchini tekinga olish mumkin, chunki u tez orada erkin agentga aylanadi.

Italiya chempionatining 31-turidan so‘ng milanliklar 82 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter