«Bolonya» yarim himoyachisiga Premyer-liga klubi qiziqmoqda
«Bolonya» yarim himoyachisi Lyuis Fergyuson yozda Angliya Premyer-ligasiga o‘tishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, futbolchiga ayni damda chempionatda to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga da’vogarlik qilayotgan «Aston Villa» klubi qiziqmoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, «Bolonya» yarim himoyachi uchun 20 million yevro narx belgilagan, ammo Fergyuson 15 million evaziga «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin.
Joriy Italiya chempionatida yarim himoyachi 30 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/