«Napoli» Kvarasxeliyaga narx belgiladi

«Napoli» vingeri Xvicha Kvarasxeliya Italiya klubini tark etishi mumkin.

Calciomercato xabariga ko‘ra, futbolchiga «PSJ» va «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Neapolliklar futbolchini 100 million yevroga sotishga tayyor. Ayni vaqtda futbolchi bilan shartnomani uzaytirishdan ham manfaatdor. Qayd etilishicha, yakuniy qaror kelib tushgan takliflar asosida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Kvarasxeliya barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter