«Real» 14 o‘yindan buyon yutqazmayapti – 9 g‘alaba, 4 durang

“Real” mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta o‘yinga yetkazdi.

Karlo Anchelotti shogirdlari YECHL chorak finalida “Manchester Siti” bilan durang o‘ynadi (3:3).

Madridliklar oxirgi marta 18 yanvar kuni Ispaniya kubogi doirasida «Atletiko»ga (2:4) mag‘lub bo‘lgan. O‘shandan beri ular Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasida 9 g‘alaba va 5 durangga erishgan.

13 aprel kuni «Real» safarda «Malyorka»da o‘ynaydi, 17-da esa «Man Siti» bilan javob o‘yinini o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter