Xvichani Yevropa super klubi sotib olmoqchi

«Napoli» hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqmoqda. Parijliklar Kilian Mbappe ketganidan keyin gruzin bilan hujumni kuchaytirmoqchi.

Neapolliklar Xvichani jamoaning eng muhim o‘yinchilaridan biri deb bilishadi, ammo uni 100 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Kvarasxeliya Italiya chempionatida 28 o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Xvicha va «Napoli» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter