Upamekano «Bayer»ga tan berdi

«Bavariya» markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Bundesligada ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan «Bayer»ga hurmat bajo keltirdi. “Farmasevtlar” “Bavariya”dan 16 ochko oldinda va keyingi turda chempionlik unvonini qo‘lga kiritishlari mumkin.

«Bayer»ga shlyapamni yechaman, jamoa bu mavsumda birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. Ular hozirgi holatida bo‘lishga loyiq. Bizga kelsak, biz juda qiyin davrni boshdan kechirmoqdamiz. «Bavariya» uchun bu juda kam uchraydigan holat. Bizda hali Chempionlar ligasi bor. Biz mavsum oxirigacha imkon qadar ko‘proq o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qilamiz», – dedi Upamekano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter