«Everton»dan uchinchi marta ochko olib qo‘yilishi mumkin

Dushanba kuni «Everton»dan ikki ochko olib qo‘yilishi e’lon qilindi. Bu «Everton» uchun mavsumdagi ikkinchi marotaba ochko olib qo‘yilishi.

Ikkala holatda ham «Everton» moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolandi. Biroq, mustaqil komissiya klubning ishi bo‘yicha qo‘shimcha 6,56 million funt sterling keyinroq ko‘rib chiqilishini aytdi.

Demak, mersisaydliklardan uchinchi marta ochko olib qo‘yilishi mumkin, ammo bu mavsumda emas, deb yozadi The Telegraph bilan suhbatda.

«Everton» APL turnir jadvalida 16-o‘ringa tushib ketdi. Klub apellyasiya tayyorlamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter