Markinyos: «Faoliyatimni «PSJ»da yakunlamoqchiman»

«PSJ» himoyachisi va sardori Markinyos fransuz klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

«Men «PSJ»dagi kelajagimni ko‘raman. Bu shahar allaqachon men uchun uyga aylangan. Men jamoaga yordam berishda davom etmoqchiman va faoliyatimni oxirigacha shu yerda qolmoqchiman. Faoliyatimni «Park de Prens»da yakunlash ajoyib bo‘lardi», – dedi 29 yoshli braziliyalik futbolchi Canal+ nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, markaziy himoyachi parijliklar jamoasida 2013 yilning yozidan buyon to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt Markinyosning narxini 55 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter