«Roma» hujumchisi to‘qqiz oydan so‘ng yana safga qaytishga yaqin

«Roma» hujumchisi Temmi Abraxam A Seriyada «Lasio»ga qarshi bugungi derbida ishtirok etishi mumkin.

Angliyalik futbolchi o‘z jamoasi zaxira o‘rindig‘idan joy olgan. Forvard iyun oyidan beri ilk bor maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yozda Abraxam jiddiy jarohat olgan va shu sabab joriy mavsumning asosiy qismini o‘tkazib yuborgandi.

26 yoshli hujumchi allaqachon “Roma”da ikki mavsum o‘tkazgan. Jarohatdan oldin futbolchi Temmi avval Londonning «Chelsi» jamoasida o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter