«Napoli» yangi murabbiy bilan muzokaralar olib bormoqda

«Fiorentina» bosh murabbiyi Vinchenso Italyano «Napoli» bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mutaxassisning mavsum yakunlanganidan so‘ng, amaldagi shartnomasi tugashi bilan amaldagi klubini tark etishi deyarli kafolatlangan, deya xabar beradi jurnalist Rudi Galetti. Yana ma’lumki, Italyanoning «Napoli» bilan muzokaralari ijobiy kechmoqda va parfenopiyaliklar 46 yoshli murabbiy bilan tez orada to‘liq kelishuvga erishishga umid qilishmoqda.

Vinchenso Italyano 2021 yilning yozidan buyon «Fiorentina»ni boshqarib kelmoqda. U avval «Spesiya»da ishlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter