«Atletiko» Turindan markaziy himoyachi sotib olishi mumkin

«Torino» markaziy himoyachisi Alessandro Buondjornoga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda.

«Milan» 24 yoshli futbolchiga asosiy da’vogar sanaladi va A Seriyaning yana bir top klubi «Inter» ham uni diqqat bilan kuzatib bormoqda. DAZN xabariga ko‘ra, «Atletiko» Buonjorno uchun milanliklar bilan raqobatlashishga tayyor. «Matraschilar» jamoasining bosh murabbiyi Diyego Simeone italiyalik futbolchini bozordagi ustuvor variant deb hisoblaydi.

Alessandro Buonjorno ushbu mavsumda «Torino» safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, markaziy himoyachi Italiya terma jamoasida uchta o‘yin o‘tkazdi, jumladan, mart oyida Venesuela bilan o‘rtoqlik uchrashuvi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter