«Manchester Yunayted» o‘ziga kerak bo‘lgan himoyachilarni belgilab oldi

«Manchester Yunayted» jamoasi yozgi transfer oynasida o‘zgarishi mumkin.

Xarri Maguayr va Rafael Varan klubni tark etishi mumkin. Bu faktni inobatga olgan holda, «qizil iblislar» markaziy himoyachilar bozorini kuzatib borishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Rudi Galettining yozishicha, to‘rt nafar futbolchi «Manchester Yunayted»ning radarida: Antonio Silva («Benfika»), Gonsalo Inasiu («Sporting Lissabon»), Dayot Upamekano («Bavariya») va Jerred Brantueyt («Everton»). 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter