Klopp Makallisterning «Sheffild»ga qarshi o‘yini haqida gapirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premyer-ligasining 31-turi doirasidagi «Sheffild Yunayted»ga qarshi (3:1) uchrashuvdagi yarim himoyachi Aleksis Makallisterning o‘yini haqida gapirdi.

“Ajoyib futbolchi, ajoyib yigit. Uni qo‘lga kiritganimizdan juda xursandman», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» rasmiy sayti.

Premyer-liganing joriy mavsumida 25 yoshli futbolchi 25 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter