Yamal Messi haqida gapirdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lamin Yamal Lionel Messi haqida gapirdi.

«Paslar bo‘yicha Messi darajasida bo‘lish oson emas. Uning «Barselona»da o‘ynagan vaqtidagi uzatmalarini eslayman. Men Leoga taqlid qilishga harakat qilyapman», – deydi 16 yoshli futbolchi.

Joriy mavsumda Yamal 39 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Laminning «blaugrana» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter