«Bavariya» vingerining maoshini oshirmoqchi emas
«Bavariya» vingeri Leroy Sane tez orada klubdan yangi shartnoma bo‘yicha taklif oladi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi. Sport direktori Maks Eberl tez orada Sane bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.
Biroq futbolchining hozirgi maoshi (yiliga 20 million yevro) oshirilmaydi, deya xabar beradi Sport Bild.
Ko‘rinishidan, «Bavariya» nemisning maoshini kamaytirishni rejalashtirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/