«Bayer» bu safar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolmaydi

«Bayer» Germaniya chempionatida ochko to‘plash bo‘yicha o‘zining rekordini takrorladi.

Xabi shogirdlari 27-turda “Xoffenxaym” ustidan irodali g‘alabaga erishdi (2:1). Endilikda leverkuzenliklar hisobida 73 ochko bor.

Ular tarixda ikkinchi marta shunday natijaga erishishdi. 1999/2000 yilgi mavsumda «Bayer» xuddi «Bavariya» kabi 73 ochko to‘plagan, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qolgandi.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar 2023 yilda 71 ochko bilan chempion bo‘lishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter