«Chelsi» penalti ishlash bo‘yicha APL peshqadami

«Chelsi» Angliya chempionatida peshqadam – London jamoasining har bir muxlisi bu iborani eshitishni xohlasa kerak. Ammo vaziyat shundayki, hozirda «ko‘klar» turnir jadvalida atigi 11-o‘rinda bormoqda.

Shu bilan birga, «Chelsi» penaltilar kabi noodatiy ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik bilan maqtanishi mumkin. «Aristokratlar» joriy mavsumda allaqachon to‘qqizta penalti tepishgan.

TNT Sports nashrining xabariga ko‘ra, Premyer-liganing joriy mavsumida hali hech qaysi klub bu kabi ko‘p penalti ishlamagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter