Romano: «Barsa» Kubarsiga yangi taklif yubordi

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi klubdan yangi shartnoma bo‘yicha taklif oldi.

Xabaringiz bor, “Barselona” joriy mavsumda asosiy tarkibdan joy olgan 17 yoshli futbolchining o‘yinidan mamnun. Insayder Fabrisio Romanoning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya rahbariyati allaqachon o‘sib borayotgan yulduzga kutilganidek yangi shartnoma taklif qilgan. Kubarsi «ko‘k-anorranglilar»ning uzoq muddatli rejalarining muhim qismi hisoblanadi. Futbolchiga maoshi oshirilgan uzoq muddatli shartnoma taklif qilingan, tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi.

«Barselona» shartnomani mavsum oxirigacha yopishga umid qilmoqda. Pau Kubarsi Kataloniya grandining asosiy tarkibida 13 ta o‘yin o‘tkazgan. Ispaniya terma jamoasining yaqindagi debyutantining amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakuniga yetadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter