Grilish: «Manchester Siti» «Arsenal»ni mag‘lub etsa yaxshi holatda bo‘ladi»

«Manchester Siti» hujumchisi Jek Grilish Londonning «Arsenal» jamoasining chempionlik poygasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Arsenal» Deklan Rays va Kay Haversni o‘z safiga qo‘shib oldi, ularning ikkalasi ham juda yaxshi o‘ynashmoqda. Balki ular o‘tgan mavsumdagidan biroz ko‘proq tajribaga ega bo‘lar… O‘tgan yil chempionlik poygasida birinchi haqiqiy yil bo‘ldi», – deya Grilishning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Shu bilan birga, futbolchi “Manchester Siti”ga hamma narsa bog‘liq, chunki “Arsenal” ustidan bo‘lajak o‘yindagi g‘alaba jamoani ajoyib holatga keltirishini ta’kidladi.

28-turdan so‘ng “Manchester Siti” APLda uchinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Arsenal”dan bir ochko ortda qolmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter