«Arsenal» ikki hujumchi o‘rtasida tanlov qildi
Londonning «Arsenal» klubi yozda qaysi hujumchini asosiy transfer maqsadi bo‘lishiga qaror qildi.
«Kanonirlar» «Brentford» futbolchisi Ayvan Toni va Lissabonning «Sporting» futbolchisi Viktor Dyokeresh o‘rtasida tanlov qilishdi.
Talksport nashri xabariga ko‘ra, «kanonirlar» Portugaliya chempionati hujumchisiga pul tikishga qaror qilishdi. Hozircha muammo shundaki, Dyokereshning shartnomasida tovon puli 100 million yevroga teng.
Oldinroq Toni va Dyokeresh «Chelsi»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi. Viktor Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Toni Premyer-liganing 10 o‘yinida 4 ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/