Ochoa ketadigan bo‘ldi
«Salernitana» darvozaboni Gilyermo Ochoa mavsum yakunida jamoani tark etadi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, 38 yoshli meksikalik Italiya jamoasi rahbariyati bilan 2023/24 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanishi haqida kelishib olgan.
Ochoa «Salernitana»da 2023 yilning yanvaridan beri o‘ynamoqda. 2023/24-yilgi mavsumda darvozabon jamoa safida barcha musobaqalarda 20 uchrashuvda 42 ta gol o‘tkazib yubordi va bitta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/