Rafinya yetarlicha ko‘mak darkor
Rafinya o‘zini «Barselona» rahbariyati, muxlislar va OAV tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayotgandek his qilyapti.
Diario Sport xabariga ko‘ra, braziliyalik vinger Ispaniya klubidagi o‘yinlarini ko‘proq hurmatga loyiq deb hisoblaydi.
«Barselona»da bo‘lgan birinchi kunidanoq u o‘zini doimiy muhokama mavzusida his qilmoqda. Shu bilan birga futbolchi muxlislar, klub rahbariyati va matbuotning to‘liq qo‘llab-quvvatlashini his qilmayapti, bu esa unga o‘zi qodir bo‘lgan darajada o‘yin ko‘rsatish imkonini bermaydi.
O‘tgan mavsumda Rafinya 50 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoaning Robert Levandovskidan keyin eng ko‘p gol urgan hujumkor o‘yinchisiga aylandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/