Lempard o‘z pozisiyasida eng zo‘rlaridan biri deb topildi

Four Four Two jurnalistlari futbol muxlislarini qiziqarli reytinglar bilan xursand qilishdan charchamaydilar.

Bu safar Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilar reytingi e’lon qilindi. Reytingning birinchi pog‘onasida «Manchester Yunayted» afsonasi Bobbi Charlton joylashgan. Ikkinchi o‘rinni Pol Gaskoyn egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Chelsi”ning yuragi, “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard yakunlagan.

Keyingi o‘ntalikka Stiven Jerrard, Devid Bekxem, Pol Skoulz, Glenn Xoddl, Brayan Robson, Dunkan Edvards va Kris Uodl kiradi.

Ushbu reytingda yetakchilik qilayotgan Bobbi Charlton 2023-yil 21-oktabrda vafot etgan. 1966 yilda ingliz futbolchisi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter