Tchuameni Mbappe haqida: «U hozir «PSJ» futbolchisi»

«Real Madrid» va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni klubda Kilian Mbappe bilan yaqin orada uchrashishi mumkinligi haqida gapirdi.

«PSJ» hujumchisi mavsum yakunlangach, erkin agent sifatida «Los-Blankos»ga o‘tishi kutilmoqda. Hozircha transfer rasman tasdiqlanmagan, biroq Mbappening o‘zi, ehtimol, tez orada omma oldida bayonot berishi mumkin.

«Mbappe qachon «Real»ga o‘tishini e’lon qiladi? Rostini aytsam, hozir men bunga ahamiyat bermayman. Ko‘ramiz, u nima qiladi, lekin hozir u «PSJ» futbolchisi. Buni vaqt ko‘rsatadi», – dedi Tchuameni Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) Sky Sport nashriga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter