«Liverpul» futbolchisi A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

Tyago Alkantara mavsum oxirida «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etishi aniq. Unga Italiya gigantlari da’vogarlik qilmoqda, deb yozadi Teamtalk nashri.

Yarim himoyachi «qizillar» rahbariyatini shartnomani uzaytirishga ko‘ndira olmadi. Joriy mavsumda u maydonda atigi besh daqiqa o‘ynab, tarkibdan butunlay chiqib ketdi.

Ispaniyalik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida yakunlash uchun ketadi, deb taxmin qilingandi, biroq unga kutilmaganda “Inter” va “Yuventus” qiziqish bildirishdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter