Laporta: «Bu jamoani Deku yaratdi va Xavi unga murabbiylik qiladi»

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta klubning sobiq futbolchisi va hozirda uning sport direktori bo‘lgan portugaliyalik Dekuni maqtadi.

«Deku juda yaxshi ish qildi, u bu jamoani yaratdi va Xavi u bilan ishlaydi. Agar bizga ishonmaydiganlar bo‘lsa, bizni ishlash va orzu qilishimizga to‘sqinlik qilmang», – deya Laporta so‘zlarini keltiradi Barca Xtra.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar bir necha yil ichida ilk marta Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l olishdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter