Fransiya terma jamoasi yo‘qotishga uchradi

Fransiya milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidagi o’yinlardan oldin bir futbolchisini yo‘qotdi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, «Chelsi» qanot himoyachisi Malo Gyusto shamollab qolgani sabab terma qarorgohini tark etib, Londonga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, «uch-ranglilar» 24 mart kuni Germaniya bilan, 27 martda esa Chili bilan to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter