«Milan»da Jiruga o‘rinbosar topildi

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramush «Milan»ga taklif qilindi.

Portugaliyalik futbolchi Parijga moslashishda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, bu uning kelayotgan yozda ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Calciomercato xabariga ko‘ra, agent Xorxe Mendesh Ramushni Olivye Jiru o‘rniga «Milan»ga ijaraga berish niyatida.

37 yoshli fransiyalik futbolchining “rossonerilar” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi va forvard o‘z faoliyatini MLSda davom ettirish haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Gonsalu Ramush bu mavsumda «PSJ» safida 30ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol va 1ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

«Atletiko Madrid» ham qiziqish bildirayotgan 22 yoshli futbolchining narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter