Mxitaryan: «Klopp qo‘l ostida o‘ynasangiz, u uchun o‘lishga tayyor bo‘lasiz»

“Inter” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mxitaryan germaniyalik mutaxassisni futbolchilarga o‘z qobiliyatiga ishonch bag‘ishlaydigan yaxshi psixolog deb atadi.

“Sizga ishonch va harakat erkinligini beruvchi psixolog. Siz u uchun joningizni berishga tayyor bo‘lasiz», – deya Mxitaryanning so‘zlarini keltiradi «Inter» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan 2013 yildan 2016 yilgacha «Borussiya»da o‘ynagan. «Asalarilar» tarkibida yarim himoyachi ikki marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Klopp nemis klubini 2015/2016 yilgi mavsum boshida tark etgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter