Risharlison: «Futbolchi uchun ruhiy jihat nihoyatda muhim»
«Tottenxem» hujumchisi Risharlison har hafta psixolog bilan ishlashini tan oldi.
«Futbolchi uchun ruhiy jihat nihoyatda muhim. Men har hafta psixologim bilan ishlayman, u menga juda katta yordam beradi.
O‘yinchilar psixologlar juda muhim rol o‘ynashi mumkinligini tushunishlari kerak. Bu, albatta, maydondagi o‘yinga ta’sir qilishi mumkin», – dedi Risharlison Sky Sports nashriga. Risharlison Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/