Kubarsi: “Ramosning rekordini yangilaymanmi?»

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi Ispaniya terma jamoasidagi debyuti haqida gapirdi. Agar 17 yoshli futbolchi keyingi uchrashuvlarda maydonga tushsa, u «qizil furiya» tarixidagi eng yosh debyutantga aylanadi va «Real»ning sobiq himoyachisi Serxio Ramosdan o‘zib ketadi.

“Ramosning rekordini yangilaymanmi? Shunda mening orzum haqiqatga aylanadi. Agar Serxio kabi natijaga erisha olsam, bundan juda xursand bo‘laman. U mening kumirim», – deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Pau yaqinda «Barselona»ning asosiy markaziy himoyachisiga aylandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter